Moʻgʻulistonda qora oʻlatdan vafot etganlar soni oshdi
Moʻgʻulistonning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan Zavxon viloyatida 38 yoshli erkak qora oʻlat qurboniga aylandi.
“Bu yil boshidan beri mamlakat boʻylab ushbu kasallik sabab qayd etilgan uchinchi oʻlimdir”, deya xabar bermoqda “Sinxua” agentligi.
Maʼlum boʻlishicha, marhum erkak xastalikni oʻtgan oyda Shimoliy Moʻgʻulistonning Xuvsgul viloyatida, odatda, qora oʻlat tashuvchilari sifatida qayd etiladigan sugʻur goʻshtini yeyishi sabab yuqtirib olgan. U bilan yaqin aloqada boʻlgan 25 kishining tahlillarida esa kasallik mavjudligi aniqlamagan.
Moʻgʻuliston yuqumli kasalliklar milliy markazining maʼlumotlariga koʻra, hozirgi vaqtda mamlakatning 21 viloyatidan 17 tasida oʻlat bilan kasallanish xavfi mavjud.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring