Miroboddagi kafelardan birida yongʻin chiqdi
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrida joylashgan kafelardan birida yongʻin chiqqanligi toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi maʼlumot berdi.
Xabarda aytilishicha, bugun, 20-iyul kuni soat 00:20 da Toshkent shahar Mirobod tumani, Islom Karimov koʻchasida joylashgan kafedagi ovqat tayyorlash joyining dudboʻronida yongʻin sodir boʻlgan.
Mirobod tuman FVB xodimlari hodisa joyiga yetib borganida kafedagi oshxona dudboʻronining ichki qismi yonganligi va oʻz vaqtida kafedagi ishchilar tomonidan oʻchirilgani aniqlangan.
Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bergan maʼlumotlarga koʻra, mazkur yongʻin oqibatida tan jarohati olganlar aniqlanmagan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring