“Mikrokreditbank”ning Boyovut tumani filiali binosi yangidan qurilib, foydalanishga topshirildi

17:12 10 Mart 2022 Iqtisodiyot
1333 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Reklama huquqi asosida

Aholini tadbirkorlikka keng jalb qilish hamda oilaviy tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlashda tijorat banklarining oʻrni va ahamiyati yuqori. Bunda moliya muassasalarida mijozlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratilgan boʻlsa yanada yaxshi. Chunki bunday sharoit xizmatlar sifatini yaxshilash barobarida, ikki tomonlama aloqalar mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

“Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat bankining Sirdaryo viloyatidagi mavjud 3 ta filiallari ichida Boyovut tumani filialining oʻrni salmoqli. Xususan, u 1994-yilda tashkil etilgan boʻlib, qariyb 30 yildan buyon bank turli moslashtirilgan binolarda faoliyat koʻrsatib keldi. Yangi bino qurilgunga qadar foydalanib kelingan binoning joylashuvi ham bank mijozlari uchun koʻp noqulayliklar tugʻdirar edi.

Bankning yangidan qurilib, foydalanishga topshirilgan binosi uchun 4 mlrd. 200 mln. soʻm mablagʻ sarflandi. Unda mijozlar uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Muhimi, yangi bino mahallaning ichki qismida emas, balki tuman markazini Guliston shahri bilan bogʻlaydigan katta avtomobil yoʻli boʻyida joylashgan. Bu esa tuman ahli, qolaversa, “Mikrokreditbank” aksiyadorlik tijorat banki xizmatlaridan foydalanadigan qoʻshni — Xovos tumani, shuningdek, Shirin va Yangiyer shahri aholisi uchun ham ayni muddao boʻldi.

Filial binosining ochilish marosimi bayramona tus oldi. Shu munosabat bilan tashkil etilgan tantanali marosimda bankning markaziy boshqaruvi vakillari, tuman mutasaddilari, tadbirkorlar, jamoatchilik hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Bank axborot xizmati.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер