Mixail Saakashvili harbiy gospitalga oʻtkazildi
Foto: Reuters
Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakashvili reanimobilda mamlakat sharqidagi Gori harbiy gospitaliga olib oʻtildi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.
Tbilisidagi Gldani tumani qamoqxonasi kasalxonasidan koʻchirish vaqtda unga shaxsiy shifokori Nikoloz Kipshidze va qamoqxona shifokorlari hamrohlik qilgani. Shuningdek, onasi Giuli Alasaniya ham Saakashvilining yonida boʻlgani aytilmoqda.
“Tez yordam” kolonnasida Ichki ishlar vazirligi va Adliya vazirligining Jazoni ijro etish maxsus xizmatining avtomashinalari ham boʻlgan.
Saakashvili 1-oktyabr kuni Gruziyaga qaytishi bilan hibsga olingan edi. Mamlakatda u bankir Sandro Girgvlianining oʻldirilishi va deputat Valeriy Gelashvilinining kaltaklangani uchun sirtdan sud qilingan. Saakashvili oʻzini siyosiy mahbus deb atagan va hibsga olinishi bilan ochlik eʼlon qildi.
Siyosatchining shifokorlari va advokatlari uning sogʻligʻi yomonlashgani haqida mudom xabar berib turdi. U qamoqxonaga joylashtirilganidan bir hafta oʻtgach oʻsha yerdagi kasalxonaga yotqizildi.
Avvalroq, Mixail Saakashvilini koʻrikdan oʻtkazgan mutaxassislar jiddiy miya xastaligi aniqlanganini, shu sababli siyosatchining komaga tushib qolishi va oqibatda bu oʻlimga olib kelishi mumkinligini maʼlum qilgan edi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring