Majburiy ijro byurosiga direktor tayinlandi
Foto: Bosh prokuratura
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga asosan adliya katta maslahatchisi Muzaffar Eminovich Egamberdiyev Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori lavozimiga tayinlandi.
M.Egamberdiyev tayinlovga qadar Bosh prokuratura boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Bungacha 2020 yil 17 noyabrdan buyon Hasan Kabirjonov Majburiy ijro byurosi direktori lavozimida ishlab kelayotgandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring