“Mening birinchi uyim” dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi Prezident qarori loyihasi eʼlon qilindi

19:10 14 Noyabr 2023 Jamiyat
849 0

Foto: Arxiv surat

Unga koʻra, “Mening birinchi uyim” dasturini birinchi bosqichini tajriba-sinov tariqasida Zangiota tumani “Turkiston” MFYda amalga oshirish rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, dastur doirasida quriladigan uy-joylar aholiga imtiyozli va bozor shartlarda realizatsiya qilish, imtiyozli uy-joylar oxirgi 5 yil davomida mulk huquqi asosida uy-joyga ega boʻlmagan oilalarga, 15 foiz miqdorda boshlangʻich toʻlov asosida 20 yil muddatga boʻlib-boʻlib toʻlash shartlarida realizatsiya qilish rejalashtirilmoqda.

Qaror loyihasida uy-joy sharoitlarini yaxshilashga muhtoj boʻlgan shaxslarga imtiyozli uy-joylar boʻyicha boshlangʻich toʻlovining bir qismini qoplash uchun – qatʼiy belgilangan 32 million soʻm miqdorida, oylik toʻlovlarining bir qismini qoplash uchun – besh yil davomida har oylik qatʼiy belgilangan 1 million soʻm miqdorida Davlat byudjeti hisobidan subsidiyalar ajratish koʻzda tutilmoqda.

Dasturning amalga oshirilishida Turkiya Respublikasi davlat uy-joy boshqarmasi (TOKI) bilan hamkorlik qilinadi. TOKI Turkiyada kam va oʻrta daromadli oilalar uchun ijtimoiy uylar qurish boʻyicha katta tajribaga ega.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер