“Men saylovda qatnashaman!”. Namanganda saylov marafoni oʻtkazildi

11:06 18 Oktyabr 2021 Jamiyat
809 0

Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tashabbusi bilan Namangan viloyat hokimligi, viloyat Adliya boshqarmasi, viloyat Turizm va sport bosh boshqarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi mudofaasiga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkilotining Namangan viloyati boʻlimi tomonidan “Men saylovda qatnashaman!” shiori ostida marafon tashkil etildi.

Marafon Namangan shahridagi «Uch pahlavon» haykalidan “Dinamo” sport majmuasigacha davom etdi.

Marafon doirasida karting, motoblog, velosportchilarning yurishi tashkil etilib, davlat idoralari va tashkilotlari xodimlari va volontyorlar faol ishtirok etdi.

Taʼkidlash kerak, ushbu tadbirdan koʻzlangan maqsad, mamlakatimiz siyosiy hayotidagi muhim voqea – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini aholi orasida faol targʻib qilish hamda yurtdoshlarimizni bu muhim siyosiy jarayonga jalb etishdan iborat.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер