Mehnat qilganga pul oʻymas...

05:42 31 Mart 2023 Jamiyat
502 0

Foto: «Xalq soʻzi»

Oramizda shunday zamondoshlarimiz borki, garchi oʻzlari yordamga muhtoj boʻlsalarda, oʻzidan oshirib, boshqalarga ortinadilar. Izboskan tumanining “Guliston” MFYda istiqomat qiluvchi I guruh nogironi, 21 yoshli Tabassumxon Shaxobiddinova shular jumlasidandir.

15 yoshidan buyon qoʻl mehnati orqali turli sovgʻalar va buyumlar yasashning hadisini olgan qiz viloyat markazidagi ulgurji bozorda oʻz mahsulotlari xaridorgir ekanligidan mamnun.

— Bozorga haftada toʻrt kun mahsulot chiqaraman, — deydi Tabassumxon suhbatda. — Kelinlar uchun aksessuarlar, taqinchoqlar, sunʼiy gullarga talab katta. Ayniqsa, tasbehga buyurtmalar soni tobora ortib bormoqda. Kam boʻlayotganim yoʻq, bir oyda 3,5-4 mln soʻmgacha sof daromad ishlab topmoqdaman. Shu hunarim ortidan ota-onam bilan birgalikda Umra ziyoratini amalga oshirishni niyat qilganman.

Toʻrt muchasi sogʻ boʻla turib mutasaddi idoralardan yordam soʻrab vaqtini boy berguvchi ayrim zamondoshlarimiz Tabassumxondan ibrat olsa yaxshi boʻlardi. Zero, qoʻldan berganga qush toʻymas, mehnat qilganga pul oʻymas, deb bejiz aytishmagan.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер