Mehmonxonani fohishaxonaga aylantirgan ayol 200 ming soʻm bilan qoʻlga tushdi
foto by: Google
Jizzaxda mehmonxona ish yurituvchisi qoʻshmachilik qilayotganda qoʻlga tushdi. Bu haqda Jizzax viloyati IIB Axborot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yilning 4-aprelida viloyat ichki ishlar boshqarmasi xodimlarining tezkor tadbiri natijasida qoʻshmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash bilan bogʻliq jinoyat aniqlandi.
Maʼlum boʻlishicha, Sharof Rashidov tumani Oqtosh mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi 1974-yilda tugʻilgan X.N Jizzax shahar Qassoblik mahallasida joylashgan mehmonxonalardan birida qoʻshmachilik faoliyati bilan shugʻullanib kelgan. Huquqbuzarga mehmonxona ish yurituvchisi boʻlib ishlab kelgani qoʻl kelgan.
Qoʻshmachi Sharof Rashidov tumani Ziyokor mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi 1998-yil tugʻilgan N.A shu mahallada yashovchi 1994-yil tugʻilgan T.M.ning Mirzachoʻl tumani, Yangidala mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qiluvchi 2001-yil tugʻilgan turmushga chiqmagan M.N. bilan jinsiy aloqa qilishlariga sharoit yaratib bergan vaqtda fosh etildi. Daliliy ashyo sifatida 200 ming soʻm pul hujjatlashtirib olindi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 131-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring