Majburiy ijro byurosi tomonidan jami 35,9 trln. soʻmlik undiruvlar amalga oshirilgan
Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi axborot xizmati rahbari Farrux Toshpoʻlatov maʼlum qildi.
Davlat foydasiga 14,4 trln soʻm, tadbirkorlik va boshqa subyektlar foydasiga 19,8 trln. soʻm hamda fuqarolarimiz manfaatlari uchun 1,7 trln. soʻmdan ziyod mablagʻlar undirildi.
“Aliment toʻlovlari” jamgʻarmasi hisobidan 975 nafar undiruvchilarga 14,9 mlrd. soʻm pul mablagʻlari toʻlab berildi.
Aliment toʻlash istagi boʻla turib, lekin ish bandligi boʻlmagan 27.275 nafar fuqarolar ishga joylashtirildi, olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida, 44 ming 800 dan ortiq oilalar yarashtirildi.
Soliq qarzdorliklarini undirish boʻyicha 902 mingdan ortiq 29,5 trln. soʻmlik ijro hujjatlari boʻyicha majburiy ijro harakatlari amalga oshirilib, 231 mingta ijro hujjatlari boʻyicha 11,9 trln. soʻm qarzdorlik undirilgan.
Maʼmuriy jarimalarni, ayniqsa yoʻl harakati qoidalari buzilgani uchun qoʻllanilgan qarorlar ijrosini taʼminlash borasida olib borilgan reyd tadbirlari davomida, 2 mln. 300 dan ortiq hujjatlar ijrosi boʻyicha 760 mlrd. soʻmdan ortiq mablagʻlar undirildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring