Mart oyida 20 ta bank jarimaga tortildi
Shu yilning mart oyida Markaziy bank huzuridagi Bank nazorati qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan yigʻilishlar yakuniga koʻra, qator moliyaviy tashkilotlarga nisbatan intizomiy choralar qoʻllanilgan. Bu haqida Markaziy bank maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, mart oyi davomida oʻtkazilgan 7 ta yigʻilishda jami 29 ta masala koʻrib chiqilgan boʻlib, ularning 17 tasi roʻyxatga olish va ruxsat berish bilan bogʻliq. Shuningdek, kredit tashkilotlari ustaviga oʻzgartirish kiritish, ustav fondidagi ulushlarga egalik qilishga ruxsat berish, auditorlarga malaka sertifikatlari berish hamda banklardagi muhim lavozimlarga nomzodlarni tasdiqlash kabi masalalar ham koʻrib chiqilgan.
Shuningdek, qoʻmita kredit tashkilotlarining moliyaviy barqarorligiga oid 12 ta masala ham muhokama qilingan. Mazkur muhokamalar davomida prudensial meʼyorlarga rioya qilinishi, Markaziy bank koʻrsatmalarining bajarilishi, tijorat banklari va nobank kredit tashkilotlarida oʻtkazilgan tekshiruvlar natijalari hamda moliyaviy xizmatlarni “tartibga solish qumdoni” doirasida sinovdan oʻtkazish jarayonlari koʻrib chiqilgan.
Bundan tashqari, tekshiruvlar davomida aniqlangan kamchiliklar va qonunchilik talablariga rioya etilmagan holatlar sababli 20 ta bank, 89 ta mikromoliya tashkiloti va 79 ta lombardga nisbatan jarima sanksiyalari qoʻllanilgan. Shu bilan birga, prudensial normativlarga amal qilmagan hamda oʻz faoliyatini belgilangan talablarga moslashtirmagan 17 ta bank rasman ogohlantirilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi xalq artisti Farrux Zokirov ijodini keng targʻib qilish hamda yosh avlodga munosib yetkazish toʻgʻrisida
- Zakirov Farrux Karimovichni “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlash toʻgʻrisida
- Oʻzbekiston xalq artisti Farrux Zokirov sharaflandi
- Polsha bilan ikkinchi jahon urushi tarixi boʻyicha hamkorlik kengaytiriladi
- Eronda internet uzilishi 47 kundan beri davom etmoqda
- WSJ: Yevropa AQSHning NATOdan ehtimoliy chiqishiga qarshi zaxira mudofaa rejasini ishlab chiqmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring