“Markaziy Osiyo — AQSH” (“S5+1”) formatidagi tashqi ishlar vazirlari uchrashuvi
Foto: Hasan Paydoyev / "Xalq so'zi"
3-fevral kuni Toshkentda Markaziy Osiyo va Amerika Qoʻshma Shtatlari tashqi siyosat idoralari rahbarlarining “C5+1” shaklidagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Toshkent uchrashuvida Qozogʻiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Muxtor Tleuberdi, Qirgʻiziston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Chingiz Aydarbekov, Tojikiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sirojidin Muhriddin, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisi oʻrinbosari, tashqi ishlar vaziri Rashid Meredov, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov va AQSH Davlat kotibi Maykl Pompeo ishtirok etdi.
Delegatsiyalar rahbarlari oʻz nutqlarida 2015-yili Samarqand shahrida boshlangan vazirlar uchrashuvlarining formati oʻzaro manfaatli hamkorlikni qoʻllab-quvvatlash va kengaytirishning dolzarb hamda samarali mexanizmi sifatida oʻzini namoyish etgani qayd etdilar.
Shuningdek, vazirlar uchrashuvida dolzarb mintaqaviy muammolar, xususan, Afgʻonistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashildi.
“Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring