Marhamat tumaniga yangi hokim tayinlandi
Foto: Andijon viloyat hokimligi
Umrzaqov Ilyosbek Urinboy oʻgʻli Marhamat tumani hokimi etib tayinlandi. Bu hada Andijon viloyati hokimligi axborot xizmati xabar berdi.
Ilyosbek Umrzaqov 1988-yilda Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumanida tugʻilgan. U 2011-yilda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali (kunduzgi), 2022-yilda Toshkent moliya institutini (sirtqi) tamomlagan.
Ushbu lavozimga tayinlanguniga qadar, Andijon viloyat hokimligi axborot-tahlil guruhi rahbari sifatida faoliyat olib borgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring