Iyulda byudjet tashkilotlarining 14,2 foiz ishchi-xodimi oylik maoshini o‘z vaqtida ololmadi. Nega?

15:07 09 Iyul 2018 Iqtisodiyot
2493 0
Illyustrativ foto

Iyul oyida respublikamizdagi byudjet tashkilotlarining 14.2 foiz ishchi-xodimi oylik maoshlarini o‘z vaqtida ololmadi. Bu O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan o‘tkazilgan monitoringda ma’lum bo‘ldi.

Vazirlik matbuot xizmati xabariga ko‘ra, iyul oyida respublikamizdagi byudjet tashkilotlari ishchi-xodimlarining 85,8 foizi maoshi va ta’til pulini o‘z vaqtida olgan. Navoiy viloyatida esa bu ko‘rsatkich 70 foizdan past bo‘lgan. Xabarda bunga nima sabab bo‘lgani izohlanmagan. Shu bois mazkur viloyat moliya tashkilotlari rahbarlari ogohlantirish olgan. Bu borada eng yaxshi ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatiga tegishli – 90 foiz.

Eslatib o‘tamiz, Moliya vazirligi byudjet tashkilotlari xodimlari oylik ish haqlarini o‘z vaqtida olishini kuzatib boryapti. Fevral oyida vazir Jamshid Qo‘chqorov o‘rinbosarlari va tarmoq boshqarmalari rahbarlariga byudjet tashkilotlari xodimlari maoshlarini to‘lashni shaxsan o‘z nazoratlariga olish bo‘yicha topshiriq bergan edi.
O‘shanda oyning ikkinchi yarmi uchun ish haqi kelgusi oyning dastlabki besh kunidan kechiktirilmagan holatda berilishi kerakligi ma’lum qilingandi. Buning uchun Moliya vazirligi har oyda byudjetdan maqsadli mablag‘lar ajratyapti. Masalan, iyul oyida bu borada 532,5 milliard so‘m yo‘naltirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер