“Manchester Siti” yirik hisobdagi gʻalabaga erishdi

06:55 13 Aprel 2026 Sport
290 0

Kecha, 12-aprel kuni futbol boʻyicha Angliya Premyer ligasining 32-turidan oʻrin olgan bahslar davom ettirildi. Kun doirasidan oʻrin olgan oʻyinda “Manchester Siti” klubi Londonda “Chelsi” mehmoni boʻldi. Uchrashuv Pep Gvardiola boshqaruvidagi jamoaning 3:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi.

Oʻyinning birinchi boʻlimida hisob ochilmadi. 51-daqiqada Niko OʼReylli “shaharliklar”ning dastlabki golini kiritdi. Oradan 6 daqiqa oʻtib, Mark Guexi jamoasining ikkinchi golini kiritdi.

68-daqiqada Jeremi Doku “Manchester Siti”ning soʻnggi goliga mualliflik qildi. Shu tariqa oʻyin Pep Gvardiola jamoasining gʻalabasi bilan yakunlandi.

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzosi Abduqodir Husanov oʻyinni asosiy tarkibda boshladi va 90 daqiqa maydonda harakat qildi.

Uning uchrashuvdagi harakatlari “Sofascore” portali tomonidan 7,7 ballga baholandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер