Mamlakatimizda ilk marotaba “Iqtidor” maktab ansambli respublika tanlovi o‘tkaziladi

16:35 05 Mart 2025 Jamiyat
552 0

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan mamlakatimizda ilk marotaba “Iqtidor” maktab ansambli Respublika tanlovi o‘tkaziladi.

Bu haqda vazirlik matbuot xizmati ma’lum qildi. Maqsad — umumiy o‘rta ta’lim maktablaridagi ansambllar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash orqali hududlarda milliy cholg‘uchilik san’atini rivojlantirishdan iborat.

Tanlov 6-10-sinf o‘quvchilari o‘rtasida milliy cholg‘ular yo‘nalishida aprel oyida o‘tkaziladi.

Respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan maktab ansambli xorijiy mamlakatga ta’lim sayohatini qo‘lga kiritadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер