Maktabgacha taʼlim muassasasi ochgan 1,5 mingdan oshiq xususiy tadbirkor noqonuniy harakatlar sodir etgan
Maktabgacha taʼlim agentligi matbuot kotibi Mavluda Asqarxoʻjayevaning maʼlum qilishicha, 1,5 mingdan ziyod “bogʻcha”da Davlat byudjetidan noqonuniy pul mablagʻlarini oʻzlashtirish harakatlari mavjud.
2023-yil 27-dekabr holatiga:
— 734 ta DXSH asosida MTTlar tomonidan bir bolaning maʼlumotlari NMTTBATga kiritilib, uning fotosurati oʻrniga boshqa bolaning fotosurati asosida davomati belgilanib kelgan. Natijada ularga nisbatan 8,8 mlrd. soʻm subsidiya toʻlovlari uch oyga toʻxtatildi;
— 895 ta DXSH asosida, jumladan, oilaviy MTTlar tomonidan vositachilar yordamida kompyuterlarda virtual mobil qurilmani yaratish orqali haqiqatda MTTga kelmagan tarbiyalanuvchi va xodimlarning davomati soxtalashtirilib NMTTBATga yuborgan. Ularga ogohlantirish xatlari yuborildi. 8,9 mlrd soʻm asoslanmagan subsidiya toʻlovlarining moliyalashtirilishi oldi olindi.
Maʼlumotlar tegishli tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etilgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring