O'qishga pul toʻlab “formasiz” borish tashabbusi haqida vazirlikning xabari yoʻq
Ijtimoiy tarmoqda Mening Yurtim kanalining “Markaziy studiya” dasturida “Endi taʼlim muassasasiga oʻquvchilar maktab formasida kelishi shart emas. Buning uchun 2,23 mln. soʻm toʻlanishi kifoya” mazmunidagi lavha namoyish etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi mazkur xabarlar notoʻgʻri ekanligini maʼlum qiladi. Vazirlikning bunday “tashabbus” haqida xabari yoʻq. Bu haqda XTV matbuot xizmati maʼlum qildi.
"Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-avgustdagi “Davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilarini zamonaviy maktab formasi bilan taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 666-sonli qarori bilan davlat umumiy oʻrta taʼlim muassasalari oʻquvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom tasdiqlangan boʻlib, mazkur Nizomda oʻquvchining tashqi koʻrinishiga boʻlgan talablar keltirib oʻtilgan.
Barcha ota-onalar va ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar oʻquv yili boshida ushbu talablar bilan tanishtirilib, oʻquv yili davomida oʻz farzandining Nizom talablariga mos ravishda umumtaʼlim maktablariga kelishini taʼminlashga masʼul hisoblanadi" deyiladi xabarda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring