Maktab oʻquvchilari uchun kuzgi taʼtil qachondan boshlanishi aniq boʻldi
Illyustrativ foto
Oʻzbekistonda maktab oʻquvchilari uchun kuzgi taʼtil 4-noyabrdan boshlanib, 9-noyabrgacha davom etadi. Bu haqda “Xalqtaʼliminfo” xabar berdi.
Qayd etilishicha, oʻquvchilar uchun I chorakning soʻnggi kuni 2-noyabrga toʻgʻri kelib, 4-noyabr kuzgi taʼtilning ilk kuni hisoblanadi. Taʼtil 6 kalendar kun, yaʼni 9-noyabrgacha davom etadi. II chorak esa 11-noyabr, dushanbadan boshlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017-yildagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, oʻquvchilar uchun taʼtil kunlari quyidagicha belgilangan:
- kuzgi taʼtil — 4-noyabrdan boshlab 6 kalendar kun;
- qishki taʼtil — 28-dekabrdan boshlab 14 kalendar kun;
- bahorgi taʼtil — 21-martdan boshlab 7 kalendar kun;
- yozgi taʼtil — oxirgi bosqichli nazorat sinovi oʻtkazilgan kundan (bosqichli nazorat oʻtkazilmaydigan sinflar uchun oʻquv yili tugagan kundan keyingi kundan) boshlab 1-sentyabrgacha.
1-sinf oʻquvchilari uchun esa fevral oyi davomida qoʻshimcha bir haftalik taʼtil belgilanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring