Makron AQSH va Eronni Hoʻrmuz boʻgʻozini blokadadan chiqarishga chaqirdi

20:56 14 Aprel 2026 Dunyo
311 0

Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron AQSH va Eron prezidentlari bilan muzokaralar oʻtkazdi va unda Hoʻrmuz boʻgʻozi orqali kemalar harakatiga toʻsqinlik qilishdan voz kechishga chaqirdi. Bu haqda TASS xabar bermoqda.

“Hoʻrmuz boʻgʻozining eng qisqa muddatlarda, hech qanday dastlabki shartlarsiz hamda har qanday nazorat va bojlarsiz qayta ochilishi juda muhim”, — deb taʼkidladi Fransiya yetakchisi.

Makronning soʻzlariga koʻra, juma kuni (17-aprel) Fransiya va Buyuk Britaniya boshqa davlatlar ishtirokida videokonferensiya oʻtkazadi. Unda Hoʻrmuz boʻgʻozi orqali kemalarni kuzatib borish boʻyicha ehtimoliy mudofaa missiyasi muhokama qilinadi. Bu missiya faqat xavfsizlik bilan bogʻliq vaziyat imkon bergandagina amalga oshirilishi mumkin.

Emmanuel Makron Amerika yetakchisi Donald Tramp va Eron Prezidenti Masʼud Pezeshkiyonni Islomobodda (Pokiston) toʻxtab qolgan muzokaralarni qayta tiklashga chaqirdi.

Fransiya yetakchisi ikki davlat oʻrtasida kelishilgan sulhga qatʼiy rioya qilish va ushbu oʻt ochishni toʻxtatish rejimini Isroil “Hizbulloh”ga qarshi harbiy operatsiya oʻtkazayotgan Livan hududiga ham tatbiq etish tashabbusi bilan chiqdi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер