Mahalliy sharoitda biomahsulotlar tayyorlanmoqda

01:51 06 Yanvar 2022 Jamiyat
1043 0

Foto: «Халқ сўзи»

Soʻnggi yillarda sogʻlom turmush qoidalariga amal qilmaslik, oziq-ovqat xavfsizligi borasidagi mavjud, koronavirus pandemiyasi kabi muammolar tufayli nafaqat yoshi kattalarda, balki navqiron yigit-qizlarda ham qonning quyuqlashishi va immunitet pasayishi kabi holatlar kuzatilayotgani sir emas. Bu esa hududlarda shu kabi muammolarni bartaraf etish uchun imkon beruvchi mahsulotlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishga talabni oshirmoqda. Andijon viloyati Boʻston tumanida oʻz faoliyatini boshlagan “Abdulatif xoji med farm” MCHJga qarashli “Bio dori” ishlab chiqarish korxonasini tashkil etishdan koʻzda tutilgan maqsad ham shudir aslida.

— Korxonamizda hozircha qon tarkibini yaxshilash va immunitetni oshirishga yordam beradigan uch turdagi biomahsulot ishlab chiqaryapmiz, — deydi korxona rahbari Muhammadali Mamadaliyev. — Ular kimyoviy birikmalardan xoli boʻlib, mahalliy sharoitda yetishtirilgan tabiiy mahsulotlar mahsulidir. Tez kunda yangi texnik vositalar oʻrnatilishi rejalashtirilgan. Natijada yana 4 turdagi qoʻshimcha ozuqa birikmalari tayyorlashni yoʻlga qoʻyamiz.

Korxonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tarkibi 27 turdagi qishloq xoʻjaligi mahsulotlaridan iborat boʻlib, ular profilaktika maqsadida sogʻlom insonlarga ham tavsiya etiladi.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер