Mahalliy yoʻldosh aloqa turlarini koʻpaytirish va ularning faoliyat koʻrsatishi uchun keng imkoniyatlarini yaratish nazarda tutilmoqda

13:09 24 Oktyabr 2023 Siyosat
225 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga olis hududlarda Internet va aloqa qamrovini oshirish uchun sharoitlarni kengaytirishga qaratilgan qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi qonun loyihasi birinchi oʻqishda koʻrib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasi bilan mahalliy yoʻldosh aloqa tarmogʻini loyihalashtirish, qurish, ulardan foydalanish va xizmatlar koʻrsatish uchun mavjud davlat bojlarini kamaytirish orqali mahalliy yoʻldosh aloqa turlarini koʻpaytirish va ularning faoliyat koʻrsatishi uchun keng imkoniyatlarni yaratish nazarda tutilmoqda.

Qonun loyihasida taklif etilayotgan normalar mahalliy yoʻldosh aloqaning yanada rivojlanishiga va tadbirkorlik faoliyati subyektlari uchun keng koʻlamli imkoniyatlar vujudga kelishiga, ularning yoʻldosh aloqa tarmogʻini qurish uchun zarur xarajatlari kamayishiga xizmat qiladi.

Deputatlarning taʼkidlashicha, ushbu qonun loyihasining qabul qilinishi orqali Oʻzbekiston Respublikasi hududida zamonaviy yoʻldosh aloqa tizimlaridan foydalanish uchun ruxsat berish tartibi belgilanadi. Respublikamiz hududiga yoʻldosh aloqa tizimlari uskuna va terminallarni qonuniy asosda olib kirish va foydalanishga imkoniyat yaratilib, yoʻldosh aloqa tizimlarini qonuniy asosda tezkor-qidiruv tadbirlari tizimlariga ulanish masalalari huquqiy yechimini topadi.

Qizgʻin davom etgan savol-javoblardan soʻng qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi.

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер