Mahallalarning ichki yoʻllari taʼmirlanmoqda

12:32 16 May 2021 Jamiyat
956 0

Mamlakatimizning barcha hududlari singari Denov tumani mahallalari ham kundan kun obodlik kasb etib bormoqda. Soʻnggi paytlarda tumandagi muhtoj oilalarning uylari taʼmirlab berilayotgani, mahallalarda turli mevali va manzarali koʻchatlarning oʻtqazilayotgani fikrimizning yaqqol dalilidir.

Joriy yil mart oyida Oʻzbekiston Respublikasi Senati aʼzosi Abdugʻani Sanginovning Denov tumani aholisi bilan uchrashuvida bir qator taklif va tashabbus hamda muammolar ilgari surilgan edi. Shulardan biri hududdagi mavjud mahallalar ichki yoʻllarini taʼmirlashdir. Ayni kunlarda tumanning “Dunyotepa”, “Ostona” mahalla fuqarolar yigʻinining 1000 metrdan ziyod ichki yoʻllariga 200 kub qum-shagʻal (graver) yotqizilib, piyodalar hamda transport qatnovi uchun qulay sharoitlar yaratilmoqda.

Manzilli dastur asosida tumandagi ichki yoʻllarni taʼmirlash ishlari joriy yilning avgust oyi yakuniga qadar Davlat dasturidan tashqari qoʻshimcha ravishda 18 ta mahallada amalga oshirilishi rejalashtirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер