Mahallada yil davomida qulupnay yetishtirilmoqda

18:48 18 Yanvar 2024 Jamiyat
616 0

Fargʻona viloyatining Uchkoʻprik tumanining “Katta Kashqar” mahalla fuqarolar yigʻini hududida istiqomat qiluvchi deyarli har bir xonadon tomorqasida issiqxona boʻlib, ular limon, pomidor-bodring, qulupnay, turli koʻkatlar yetishtirish borasida mirishkor hisoblanadi.

Mahalla raisi Rustamjon Esonovning maʼlum qilishicha, hududda deyarli kam taʼminlangan oila yoʻq. Chunki har bir oilaning yilning toʻrt faslida ham doimiy bandligini taʼminlaydigan dehqonchilik yumushlari, tadbirkorligi bor. Shu bois bugungi qish mavsumida ham Katta qashqarliklar tomorqalarida yetishtirilgan turli mahsulotlar xaridorgir.

— Yil davomida daromadga ega boʻlish maqsadida issiqxonamizga 5 ming tup qulupnay koʻchati ekkanmiz, — deydi mahallaning eng tajribali tomorqachilaridan biri Erkinjon Mamadiyev. — Yangi yil arafasida pishib yetilgan qulupnay hamyurtlarimiz dasturxoniga tortiq etilyapti. Bozorda qulupnayning bir kilogrammi 100-150 ming soʻm ekanligi daromadimiz salmogʻini yanada oshirmoqda.

Aytish joiz, mahalla tomorqalarida xorijdan keltirilgan intensiv koʻchatlardan yil davomida qulupnay hosili olishga erishilyapti.

Botir MADIYOROV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер