“Qilgan ishlarimizdan ko‘ra, qilinmagani ko‘proq ekan”
“Yaqinda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Olmazor tumani faollari bilan uchrashuvda islom dinini to‘g‘ri tushunish, uning arkonlarini bajarishda ma’lum bir me’yorlarga, islomiy tartiblarga amal qilish targ‘ibotini olib borishda ham mahallaning alohida o‘rni borligi xususida to‘g‘ri gaplar aytildi. Hammamiz musulmonmiz, ammo, mahallada kim qanday yuribdi, kimning fikri o‘zgaryapti yaqqol ko‘rinadi. Shuning uchun davlatimiz rahbari bu borada zimmamizda katta mas’uliyat yuki borligini ta’kidladi.
Imom xatiblar, ko‘cha boshliqlar, guzarboshilar bilan bu borada doimiy ravishda ish olib boryapmiz. Bunga qarshi qanday kurashish mumkin? Albatta, ma’naviyat, ma’rifat bilan. Odamlarning ilmiy tafakkurini yanada oshirish eng katta vazifamizdir.
Shu maqsadda yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni yanada kuchaytirish uchun kitob fondi 1000dan ziyod adabiyot bilan boyitilgan 2 ta kutubxona tashkil etdik. Mahalla faollarining tashabbusi bilan guzarning “bekorchilar” yig‘iladigan choyxonasi ham kutubxonaga aylantirildi. Ammo, kechagi uchrashuv qilgan ishlarimizdan ko‘ra, qilinmagani ko‘proq ekanligini ko‘rsatdi. Bunda bizdan mas’uliyat bilan ishlash va xalq uchun sidqidildan mehnat qilish talab etiladi”, - deydi Boburjon G‘oyibnazarov, “Hazrati Imom” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring