“Mahalla” telekanali MTRK tarkibidan chiqariladi
“Mahalla” teleradiokanali davlat unitar korxonasi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibidan chiqarilib, masʼuliyati cheklangan jamiyat sifatida qayta tashkil etiladi.
Bu haqda Prezidentning “Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi faoliyatini yoʻlga qoʻyish va mahallalarda boshqaruv tizimini takomillashtirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori eʼlon qilindi.
Qarorga koʻra, telekanalga yangi tashkil etilayotgan Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi yagona taʼsischiga aylanadi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring