Magistrlar til sertifikatisiz yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi

20:57 20 Dekabr 2022 Jamiyat
1637 0

Foto: Illustrativ surat

Oʻzbekistonda 2022/2023-oʻquv yili uchun magistratura qishki qabuli boshlanmoqda. Bu haqda Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tanlovda ishtirok etish istagini bildirganlar 2022-yil 20-dekabrdan 2023-yil 10-yanvarga qadar (shu kuni ham) magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn roʻyxatdan oʻtishlari mumkin. Tanlov natijalari bakalavriat diplomining oʻrtacha ballari asosida aniqlanadi.

Shuningdek, Davlat qabul komissiyasi qaroriga binoan, istisno tariqasida faqat ushbu 2022/2023-oʻquv yili magistratura qishki qabulida xorijiy tilni bilish darajasidan qatʼi nazar sertifikati borlar hujjat topshirishiga ruxsat berilgan.

Maʼlumot uchun, oʻqishga qabul qilingan talabalar oʻqishi davomida belgilangan tartibda talab etilgan milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatni qoʻlga kiritishi lozim. Aks holda yakuniy davlat attestatsiyasiga ruxsat etilmaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер