Madyar Orbanning hokimiyatga qaytish imkoniyatidan mahrum qilmoqchi
Vengriyadagi parlament saylovlarida gʻalaba qozongan “Tisa” partiyasi yetakchisi Peter Madyar uning boʻlajak hukumati konstitutsiyaviy islohot oʻtkazishini maʼlum qildi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.
Xususan, bosh vazirning vakolat muddatini ikkita toʻrt yillik muddat bilan cheklash rejalashtirilgan. Ushbu yangilik lavozimini tark etayotgan bosh vazir Viktor Orbanni hokimiyatga qaytish imkoniyatidan mahrum qiladi.
Madyarning soʻzlariga koʻra, Prezident Tamash Shuyok bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvda konstitutsiyaga prezident vakolatlarini kuchaytirish va prezidentni toʻgʻridan-toʻgʻri (xalq tomonidan) saylash tizimini joriy etish boʻyicha tuzatishlar kiritish masalalari muhokama qilingan. Hozirgi vaqtda mamlakat rahbari parlament tomonidan saylanadi.
“Biz qonun ustuvorligini, plyuralistik demokratiyani hamda tiyilish va muvozanat tizimini tiklash uchun qoʻlimizdan kelgan barcha ishni qilamiz”, — dedi “Tisa” partiyasi yetakchisi.
Shuningdek, Peter Madyar demokratik institutlarni tiklash uchun tizimli islohotlar oʻtkazishga vaʼda berdi. Eng birinchi navbatdagi choralar qatoriga korrupsiyaga qarshi kurash va milliy aktivlarni himoya qilish kiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring