Liviyada muhojirlar boʻlgan qayiq agʻdarilishi oqibatida 30 nafarga yaqin odam bedarak yoʻqoldi
Foto: AP
Liviya qirgʻoqlarida muhojirlarni olib ketayotgan qayiq agʻdarilib ketishi oqibatida 30 nafarga yaqin odam bedarak yoʻqoldi. Bu haqda Italiya sohil xavfsizlik xizmati xabar bermoqda.
Qutqaruv operatsiyasi chogʻida qayiq agʻdarilib ketgani, 17 kishining qutqarib olingani, yana 30 kishining bedarak yoʻqolganligi maʼlum qilingan. Bedarak yoʻqolganlarni qidirish tadbirlari olib borilmoqda.
Joriy yilning 9-martidan boshlab Italiyada dengiz orqali noqonuniy migrant tashuvchilar uchun jazo 30 yillik qamoq jazosini kuchaytirdi.
Avvalroq, Italiyada muhojirlar boʻlgan qayiq halokatga uchragani xabar qilingan edi. Maʼlumotlarga koʻra, ushbu fojia oqibatida 79 kishi qurbon boʻlgan. Afgʻoniston va Erondan kelgan muhojirlar boʻlgan kema Turkiyaning Izmir shahridan suzib ketib, Kalabriya janubi-sharqiy sohilida agʻdarilib ketgan.
Statistika maʼlumotlariga koʻra, 2023-yil boshidan buyon Italiyaga dengiz orqali 17,5 mingdan ortiq muhojir kirib kelgan.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring