Lionel Messi faoliyatidagi 903-golini urdi
Bugun, 5-aprel kuni futbol boʻyicha Amerika Qoʻshma Shtatlari Major ligasining pley-off oʻyinlari davom ettirildi. Kun doirasidagi bahsda “Inter Mayami” klubi oʻz maydonida “Ostin” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang natijasi bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 6-daqiqada mehmonlar futbolchisi Gilyerme Biro tomonidan ochildi. Oradan 4 daqiqa oʻtib Lionel Messi hisobni tenglashtirdi. Bu Leoning professional futboldagi 903-goli boʻldi. Birinchi boʻlim 1:1 hisobida yakunlandi.
Ikkinchi boʻlimning 53-daqiqasida Jeyden Nelson yana mehmonlarni hisobda oldinga olib chiqdi. 81-daqiqada esa Luis Suares hisobni tenglashtirdi. Shu tariqa oʻyin 2:2 hisobida yakunlandi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring