Liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi belgilandi

13:17 14 Iyul 2025 Jamiyat
349 0

Hukumat qarori (431-son, 12.07.2025-y.) bilan “Liftlarni texnik koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali maʼlum qildi.

Unda aytilishicha, bino va inshootlarda oʻrnatilgan, doimiy ravishda foydalanishda boʻlgan liftlar 12 oydan oshmagan holda kamida 1-marta majburiy davriy texnik koʻrikdan oʻtkaziladi.

Shuningdek, foydalanishga topshirilgan va yangi oʻrnatilgan har qanday lift maxsus elektron axborot tizimida roʻyxatga olinishidan avval dastlabki texnik koʻrikdan oʻtkazilishi shart.

Dastlabki texnik koʻrik lift pudratchisining murojaatiga binoan 10 ish kunidan kechiktirmay ixtisoslashgan tashkilot tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.

Bundan tashqari, texnik koʻrik natijalarining toifasiga qarab foydalanishga yaroqli liftga “yashil”, qisman nosoz liftga “moviy”, nosoz liftga “sariq” hamda foydalanish uchun xavfli liftga “qizil” ranglarda maʼlumot yorligʻi yopishtiriladi.

“Texnik koʻrik natijasida foydalanish uchun xavfli va qizil rangli maʼlumot yorligʻi bilan belgilangan liftdan foydalanish taqiqlanishi lozim”, — deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер