Kosonsoyda ulkan bayroq oʻrnatildi
Oʻtgan hafta Kosonsoy shahrida “Obod markaz” taqdimoti tashkil etilgan edi. Dastur asosida amalga oshirilgan katta hajmdagi bunyodkorlik ishlaridan soʻng koʻrkam tus olgan maskanning yangilangan qiyofasi shahar ahli koʻnglidagi rozilik tuygʻularini yanada joʻsh urdirdi.
Davlatimiz bayrogʻi qabul qilingan kun oldidan bu yerda oʻrnatilgan ulkan bayroq esa kosonsoyliklarning milliy ramzimizga sadoqatining amaliy tasdigʻi boʻldi. 60 metr balandlikda osmon uzra hilpiray boshlagan bayroq uzoq-uzoqlardan koʻzga tashlanib turadi.
Qudratilla NAJMIDDINOV,
“Xalq soʻzi”.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring