Koronavirusning yangi shtammlari kasallikning ogʻir kechishiga taʼsir koʻrsatadimi?
Buyuk Britaniya va Janubiy Afrikada topilgan virusning yangi turlari kasallikning ogʻir kechishiga taʼsir koʻrsatmaydi. Bu haqda Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti mutaxassislari maʼlum qilishdi.
Taʼkidlanishicha, ikkala mutatsiya ham koronavirusning tarqalish tezliginigina oshiradi, xolos.
Shifokorlar esa bemorlarni davolash uchun mavjud samarali dorilar hamda vaksinalardan foydalanishmoqda.
Qayd etilishicha, JSST Buyuk Britaniya va Janubiy Afrikadagi olimlar bilan hamkorlikni davom ettirmoqda. Tadqiqotchilar yangi shtammlarni oʻrganib, toʻplangan maʼlumotlarni Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotiga uzatishmoqda, xususan, Britaniya bu ishni deyarli real vaqt rejimida amalga oshirmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring