Koronavirus ogʻir oʻtadigan bemorlarda uchraydigan oʻziga xos belgi maʼlum boʻldi
Illyustrativ surat
Fransiyalik olimlar koronavirusning ogʻir shakli asoratlari boʻlgan bemorlarda uchraydigan oʻziga xos belgini aniqlashdi. Tadqiqot natijalari “Science” jurnalida eʼlon qilindi.
Qayd etilishicha, ish jarayonida olimlar tomonidan kasallik turli alomatlar, xususan, yengil yoʻtaldan nafas olish yetishmovchiligi sabab mexanik shamollatish qurilmasiga ulangan holatlar bilan birga kelgan 50 nafar bemor oʻrganilgan.
Biomateriallar tahlil qilinganidan soʻng tadqiqotchilar “Covid-19”ning ogʻir shakliga chalingan barcha bemorlarni interferon (oʻtkir virusli infeksiyadan organizmning asosiy himoya vositasi) yetishmovchiligi hamda yalligʻlanishning kuchayishi kabi belgilar birlashtirishini aniqlashgan.
Xususan, oʻta ogʻir bemorlarda virus bilan kurashish uchun tanadan chiqariladigan I tip interferon yetishmovchiligi kuzatilgan. Vaholanki,uning ishlab chiqarilishi koronavirus infeksiyasining rivojlanishini sekinlashtiradi. Shu bois endilikda olimlar interferon bemorlarni davolashda hal qiluvchi rol oʻynaydi degan xulosaga kelishmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring