Yaponiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 10 000 ga yetdi
Bugun Yaponiyada koronavirus bilan kasallanganlar soni 10 mingga yetdi, deb xabar beradi NHK.
Kunchiqar yurtda virus tarqalishini sekinlashtirish uchun bir necha kun avval favqulodda holat eʼlon qilingandi.
Juma kuni Yaponiya Bosh vaziri Sinzo Abe xalqqa murojaat qilib, barchani uyda qolishga chaqirdi. Mamlakat poytaxtida yangi bemorlar rekord darajada koʻpaydi va koʻplab qariyalar istiqomat qiladigan qishloqlarda tibbiy xizmatlar barchani qamrab ololmasligi sababli, avvalroq yettita hududda eʼlon qilingan favqulodda holat rejimi butun mamlakat miqyosida kengaytirildi.
Hozirgacha Yaponiyada virusdan 200 dan ortiq odam vafot etdi. Tokio mamlakatdagi virus eng koʻp tarqalgan hudud boʻlib turibdi. Bu shaharda birgina juma kuni 201 ta yangi holat qayd etilgan va bu yangi rekord hisoblanadi.
Tokioda bugun 181 ta yangi holat qayd etildi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring