Koronavirus hudud tanlamayapti. Eng soʻnggi yangiliklar

08:45 06 Aprel 2020 Dunyo
1894 0

—Jon Xopkins universiteti maʼlumotlariga koʻra, dunyoda koronavirusni yuqtirib olganlar soni 1,2 mln. nafar, shulardan 65,5 ming nafari hayotdan koʻz yumgan, 252,6 ming nafari sogʻayib ketgan.

AQSHda:

—Nyu-York shtatida bir kecha-kunduzda 594 bemor vafot etdi, virusga chalinganlar soni esa 8 mingdan oshib ketdi;

— Pentagon AQSH harbiylariga koronavirusdan himoyalanish uchun niqob taqib yurishni tavsiya etmoqda. Yangi tipdagi virus amerikalik 1,2 ming nafardan ziyod harbiy xizmatchida aniqlangan;

— mamlakat mudofaa vaziri 155 nafar dengizchisi virus yuqtirib olgan avianoses (samolyotlar uchishi va qoʻnishi uchun moslangan harbiy kema) qoʻmondonini isteʼfoga chiqarishni qoʻllab-quvvatladi.

Yevropada:

— Britaniya hukumati odamlarni parklarda toblanish oʻrniga, uylarida karantinda qolishga chaqirdi;

— Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson shifoxonaga yotqizildi. Unga sunʼiy havo berish apparati ulab qoʻyilgan.

— Italiyada bir sutkada COVID-19ni yuqtirib olgan 525 kishi hayotdan koʻz yumdi;

— Ispaniyada esa ana shunday bemorlardan 670 nafari vafot etdi.

Boshqa mamlakatlarda:

— Iordaniyada Ramazon oyi oxirigacha chegaralar yopilishi maʼlum qilindi;

— Efiopiyada koronavirus bilan bogʻliq birinchi oʻlim holati qayd etildi;

— Turkiya vaksina hayvonlarda muvaffaqiyatli sinovdan oʻtkazilgani haqida xabar berdi;

— Shri-Lankada qariyb 3 ming nafar mahbus koronavirus sabab ozodlikka chiqarildi;

— Armanistonda koronavirus testi uchun ilova yaratildi;

— Eronda pandemiya sharoitida mamlakat ichida harakatlangani uchun 27,5 ming haydovchi jarimaga tortildi;

— Janubiy Sudanda koronavirusni yuqtirib olish bilan bogʻliq ilk holat qayd etildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер