“Konigil—2” loyihasi ishga tushiriladi

13:06 17 Sentyabr 2024 Jamiyat
323 0

Abdulaziz YOʻLDOSHEV/“Xalq soʻzi”. 2020-yilda Samarqand shahrida ilk turizm qishlogʻi “Konigil” tashkil etilgan edi. Mana, oradan besh yil oʻtib, “Konigil” qishlogʻini kengaytirish ishlari boshlandi. loyihaning ikkinchi bosqichida yangi sayyohlik yoʻnalishi ochilishi, mehmon uylari hamda hunarmandchilik markazlari bunyod etilishi koʻzda tutilgan.

— Loyihaning umumiy qiymati 45 milliard soʻm boʻlib, 22 gektar hududni tashkil qiladi, — deydi viloyat turizm boshqarmasi masʼul xodimi Dilshod Saʼdullayev. — Maskanda 72 ta lotlar orqali mehmonxonalar, uy mehmonxonalari, savdo rastalari, hunarmandchilik ustaxonalari, milliy uslubdagi umumiy ovqatlanish shoxobchalari, dam olish maskanlari, uzunligi 2,5 kilometr boʻlgan velo hamda 3,5 kilometr piyodalar yoʻlaklari quriladi.

Viloyat hokimining taklifiga koʻra, bir guruh tadbirkorlar hamkorligida hozirga qadar Samarqand shahridan oqib oʻtuvchi Obi Rahmat, Siyob ariqlarining atrofini tozalash, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlari amalga oshirildi. Obi Rahmat, Xoʻja Doniyor mahallasi aholisi, shuningdek, “SFX” qurilish korxonasining 100 ga yaqin ishchilari Xoʻja Doniyor majmuasidan akademik Vohid Abdullayev koʻchasigacha boʻlgan 2 kilometrlik hududni tozalab, ariqning ikki tomonidan 4 metrlik velo va piyodalar yoʻlaklari qurish ishlarini yakunladi. Majmua atrofidagi 400 metrlik devor-toʻsiq olib tashlandi. 185 dona tungi yoritish chiroqlari va 80 dan ziyod oʻrindiqlar oʻrnatilib, “Siyobcha” kanalining 11 kilometr qismi obodonlashtirildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер