Komil Allamjonov va Saida Mirziyoyeva yangi fond Vasiylik kengashida ish boshladi
2020-yil 31-yanvar kuni Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi muassislari yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Mazkur yigʻilishda Jamoat fondi Vasiylik kengashi tarkibi shakllantirildi.
Jamoat fondi ustaviga binoan qabul qilingan qarorga koʻra, Allamjonov Komil Ismoilovich Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi Vasiylik kengashi raisi, Mirziyoyeva Saida Shavkatovna uning oʻrinbosari etib saylandi. Bu haqda fond telegram kanalida maʼlum qilingan.
Eslatib oʻtamiz, Milliy mass-mediani qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondining asosiy maqsadi ommaviy axborot vositalarini yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarning huquqlarini roʻyobga chiqarishda koʻmak berish, mamlakatda soʻz erkinligini mustahkamlashda jamoatchilik institutining rolini oshirish, Oʻzbekistonning xalqaro imijini yanada yaxshilashga koʻmaklashish va boshqalardir.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring