Koʻhna va navqiron Samarqand yana bir muhim maqomga munosib koʻrildi
Foto: “Xalq soʻzi”
25-sentabr kuni Qatar davlatida oʻz ishini boshlagan XXII Islom dunyosi madaniyat vazirlarining “Islom olamida madaniy tadbirlarning yangilanishi tomon” mavzusidagi 12-konferensiyasi boʻlib oʻtdi.
Soʻnggi yillarda jahon hamjamiyati taʼlim, ilm-fan va madaniyat taraqqiyot garovi ekanligini yanada teranroq angladi va asosiy eʼtiborni ana shu uch jihatga qaratyapti, desak mubolagʻa boʻlmaydi.
Konferensiya kun tartibida dunyo madaniy siyosatining yetakchi tamoyillari va barqaror rivojlanish koʻrsatkichlari, islom olamida insoniyatning barhayot boyliklari va anʼanaviy bilimlarini qadrlash, madaniy boyliklarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishga oid qator masalalar muhokama qilindi.
Eng muhimi, konferensiya doirasida 2025-yil Samarqand Islom dunyosi madaniyat poytaxti deb tasdiqlandi. Bu maqom bizga yana bir karra dunyoga madaniy merosimizni namoyon etish imkonini taqdim etadi.
Konferensiya bugun oʻz ishini davom ettiradi.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring