Koʻhna kentga ulkan muhabbat ila

14:17 28 Iyul 2022 Jamiyat
740 0

Foto: Xalq so‘zi

Samarqand shahridagi Yoshlar markazida yozuvchi, shoir, tarjimon va olim, xalqimizning suyukli farzandi Muhammad Ali bilan ijodiy uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Adabiyot ixlosmandlari, talaba-yoshlar va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etgan tadbirda Samarqand viloyat hokimi oʻrinbosari Rustam Qobilov Oʻzbekiston xalq yozuvchisi, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi Muhammad Aliga samimiy tilaklar izhor etgan holda hokimlikning esdalik sovgʻalarini topshirdi.

Samimiy, koʻtarinki ruhda oʻtgan uchrashuvda soʻzga chiqqanlar taniqli shoir va yozuvchi Muhammad Ali Andijonda tugʻilib, ayni paytda poytaxtda yashayotgan boʻlsada samarqandliklar bilan qalban birga ekanligi, bu koʻhna kentga ulkan muhabbati uning asarlarida yorqin aks etib turishini taʼkidladilar. Yozuvchining “Sarbadorlar”, “Ulugʻ saltanat” kabi qator benazir asarlari buni yana bir bor isbotlaydi.

Uchrashuvda Muhammad Ali hayoti va ijodiga bagʻishlangan hujjatli film namoyish etildi. Uning qalamiga mansub sheʼrlar oʻqildi.

Ertaga Samarqand garnizoni Maʼnaviyat va maʼrifat markazida harbiylar ishtirokida Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali bilan ijodiy kecha oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Abdulaziz Yoʻldoshev, “Xalq soʻzi”

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер