“Koʻchmas mulk-3” elektron dasturi: kadastr hujjatlarini rasmiylashtirishda samarali tizim

12:50 22 Dekabr 2022 Jamiyat
1955 0

Foto: Xalq so‘zi

Ayni paytda Fargʻona viloyatida 890 mingdan ortiq koʻchmas mulk obyektlari boʻlib, uning 713 ming 376 tasini turar joy, 49 ming 913 tasini noturar obyekt, 4 ming 80 tasini koʻp qavatli uylar xonadonlari tashkil etadi.

— Shu bilan birga 549 mingta koʻchmas mulkning egalik huquqi mavjud boʻlsa, 340 mingdan ziyodi kadastr pasporti shakllantirilmagan, — deydi Davlat kadastrlari palatasi Fargʻona viloyati boshqarmasi boshligʻi Ravshan Mirzahmedov. –“Koʻchmas mulk-3” dasturi asosida bu jarayondagi kamchiliklar bosqichma-bosqich hal etilyapti. Shu tariqa yer va kadastr tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida sohadagi muammolar qonuniy hal etilishiga erishilyapti. Mazkur jarayonda koʻp yillardan buyon oʻz yechimini kutayotgan masalalar tajribali mutaxassislar ishtirokida oʻrganilib, tegishli oʻzgartirishlar kiritilmoqda.

Aytish oʻrinliki, 2014-yildan buyon amaliyotda qoʻllab kelinayotgan “Koʻchmas mulk-3” dasturi orqali soliq solishda jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan koʻchmas mulk hamda xususiy mulk sanalgan noturar obyektlarning kadastr qiymatini hisoblash ishlari amalga oshiriladi. Dastur fuqarolarga qulayliklar yaratish maqsadida 20 ga yaqin vazirlik va idoralar kadastr xizmatlariga oʻzaro integratsiya qilingan. Misol uchun, kadastr, MIB, soliq, notarial idoralari, IIB, bank xizmatlari shu dasturga ulangan boʻlib, uning koʻmagida kadastr oid barcha maʼlumotlar – binolar, koʻp qavatli uylar, noturar-turar joy binolari, tomorqa va dehqon xoʻjaligi boʻyicha respublika, hududlar miqyosida kerakli maʼlumotlarni tezkorlik bilan olish imkoniyati mavjud.

 

Botir Madiyorov, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер