KXSHT tinchlikparvar kuchlari Qozogʻistonda vaziyat toʻliq barqarorlashganidan keyin chiqib ketadi — Rossiya mudofaa vaziri

16:09 11 Yanvar 2022 Dunyo
1560 0

Foto: RF Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Kollektiv xavfsizlik shartnomasi tashkiloti (KXSHT)ning tinchlikparvar kuchlari Qozogʻistondagi vaziyat toʻliq barqarorlashganidan keyin tark etadi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu maʼlum qildi, deya xabar bermoqda “TASS”.

Uning soʻzlariga koʻra, hozirda KXSHT kuchlari respublikadagi muhim harbiy, davlat va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlarni qoʻriqlash boʻyicha vazifalarni bajarmoqda.

Avvalroq, Qozogʻiston prezidenti Qosim-Jomart Toʻqayev KXSHTning respublikadagi tinchlikparvar missiyasi yakunlanganini maʼlum qilgandi. Toʻqayevga koʻra, tinchlikparvar kuchlar 13-yanvardan boshlab mamlakatdan chiqib ketishni boshlaydi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер