Kimlarga dastlabki sinov muddatisiz ishga qabul qilinadi?
Yaqinda OTMni bitirdim. Ishga kirish uchun murojaat qilganimda, ish beruvchi menga 3 oy dastlabki sinov muddati bilan ishga qabul qilishini aytdi. Qonunchilikda kimlarga nisbatan dastlabki sinov muddati qoʻllanilmaydi? Ushbu savolga Adliya vazirligi Axborot xizmati rahbari Sevara Oʻrinboyeva javob berdi.
"Mehnat kodeksining 84-moddasiga koʻra quyidagi toifadagi shaxslarga dastlabki sinov muddati qoʻllanilmaydi:
homilador ayollar;
3 yoshga toʻlmagan bolasi bor ayollar;
korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar;
taʼlim muassasasini tamomlagan kundan eʼtiboran 3 yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilar;
xodimlar bilan 6 oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilib, ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi", dedi Oʻrinboyeva.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring