Kim Chen In vakolatlarining bir qismini singlisiga topshirdi. Bu nimani anglatadi?

21:43 20 Avgust 2020 Dunyo
1284 0

Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In oʻz vakolatlarining bir qismini yordamchilariga topshirdi, shu jumladan, singlisi Yo Chjonga ham. Bu haqda Yonhap gazetasi, Janubiy Koreya milliy razvedkasi taqdim etgan maʼlumotga tayanib xabar berdi.

«KXDR rahbari Kim Chen In ilgarigidek oʻzining mutlaq hokimiyatini saqlab qolmoqda, biroq hokimiyat asta-sekinlik bilan topshirilmoqda», - deb yozdi Yonhap.

Maʼlum qilinishicha, Shimoliy Koreya yetakchisining singlisi Kim Yo Chjon davlatning umumiy ishlariga rahbarlik qilmoqda. U “KXDRning ikkinchi raqamli rahbari” sifatida koʻrilmoqda, biroq Kim Chen In oʻzining oʻrinbosarini hali rasman eʼlon qilmagan. Agentlik taqdim etgan maʼlumotga koʻra, Yo Chjon hokimiyatning katta qismini qabul qilib olgan.

Shu bilan birga, iqtisodiy sohadagi vakolatning bir qismi vazirlar mahkamasi raisi Kim Dok Xun va Davlat kengashi raisi oʻrinbosari Pak Bon Dyularga topshirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер