Xorijda mehnat qilayotgan va taʼlim olayotgan yoshlarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi

10:47 04 Mart 2026 Siyosat
304 0

Oliy Majlis Senati huzuridagi Yoshlar parlamenti hamda Oʻzbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasi oʻrtasida hamkorlik masalalarini muhokama qilishga bagʻishlangan uchrashuv oʻtkazildi.

Muloqotda xorijda mehnat qilayotgan va taʼlim olayotgan oʻzbekistonlik yoshlarning taklif hamda tashabbuslarini qonunchilik darajasiga olib chiqish mexanizmini yaratish, yoshlar bilan doimiy muloqotni yoʻlga qoʻyish hamda huquqiy jihatdan ijtimoiy loyihalar tashkil etish masalalari koʻrib chiqildi.

Endilikda xorijdagi yosh mutaxassislar va olimlar qonun loyihalari muhokamasiga ekspert sifatida jalb etiladi hamda “Xorijdagi yoshlar — parlament bilan muloqot” doimiy platformasi yaratiladi.

Uchrashuv yakunida Oʻzbekistonning global intellektual salohiyatini parlament faoliyati bilan integratsiya qilish maqsadida hamkorlik qilish memorandumi imzolandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?