Xorazmda qator tumanlarga zamonaviy tez tibbiy yordam mashinalari topshirildi

21:18 10 Fevral 2023 Jamiyat
1420 0

Foto: Xalq so‘zi

Maʼlumki, davlatimiz rahbarining 2022-yil 16-iyundagi “Aholiga tez tibbiy yordam koʻrsatish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi doirasida hududlardagi tez tibbiy yordam avtotransport parki yangilanmoqda.

Jumladan, Xorazm viloyatiga 8 ta “Wolkswagen Caddy” rusumli zamonaviy tez tibbiy yordam mashinalari keltirildi. Ushbu mashinalar Urganch shahri, Xonqa, Yangiariq, Xiva, Qoʻshkoʻpir, Shovot va Gurlan tumanlari tez tibbiy yordam stansiyalariga topshirildi.

— Tumanimizdagi eng chekka qishloqlar 25 km uzoqlikda joylashgan, — deydi Xiva tuman tibbiyot birlashmasi rahbari Olimboy Isoyev. — Yangi tez yordam mashinalari keltirilayotgani shunday qishloqlardan qabul qilingan chaqiruvlarga tezkor ravishda yetib borishga imkon berib, shoshilinch tibbiy xizmat koʻrsatish sifatini yaxshilaydi.

Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan zamonaviy tez tibbiy yordam mashinalaridan Xorazm viloyatiga joriy yilda yana 12 ta, kelgusi yil esa 22 ta keltirilishi belgilangan.

Odilbek ODAMBOYEV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер