Xorazmda YTHda hech kim shikastlanmaganligi boʻyicha hujjat toʻgʻirlab bermoqchi boʻlgan shifokor pora bilan ushlandi
Foto: Prokuratura Departamenti
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangiariq tuman boʻlimi tomonidan DXXning Xiva shahar boʻlimi bilan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Urganch TTB markaziy poliklinikasi shifokori A.S. fuqaro T.ning boshqaruvidagi avtotransport vositasida sodir boʻlgan avtohalokat natijasida hech kimga shikast yetmaganligi boʻyicha hujjatlarni uning foydasiga hal qilib, bu boradi tekshiruv harakatlarini oʻtkazayotgan IIB tergovchisini uni javobgarlikka tortmaslikka koʻndirib berishi evaziga 1 000 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring