Xizmat samaradorligi ortadigan boʻldi
Har qanday mehnat turi texnik vositalar bilan ahamiyatli. Jumladan, respublikamizda ozodalik, saranjomlikni taʼminlovchi “Toza hudud” DUKda ham xizmat koʻrsatish samaradorligini oshirish maqsadida yangi transport vositalari bilan taʼminlash ishlari davom etmoqda. Jumladan, korxonaning Izboskan tumani filialiga 5 ta maxsus transportlar ajratildi.
— Hududlardagi chiqindilarni olib chiqib ketish uchun tumanda 8 ta transport vositasi faoliyati yoʻlga qoʻyilgan edi, — deydi “Andijon viloyati “Toza hudud” DUK direktori Jamshidbek Bozorboyev. — Endilikda ularning soni 13 ta yetdi. Bu bilan hududlardagi chiqindilarni olib ketish xizmati yana-da yaxshilanishiga erishdik.
Ayni paytda viloyatda 650 nafar ishchi-xodimlar 180 ta texnik vositalar orqali aholiga namunali xizmat koʻrsatib kelmoqda.
Saminjon HUSANOV,
“Xalq soʻzi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring