Xitoyning Uxan shahrida “COVID-19” holatlari sababli yana karantin joriy etildi

23:06 26 Oktyabr 2022 Dunyo
2780 0

Arxiv surat

Xitoyning Uxan provinsiyasi tumanlaridan birida “COVID-19”ning yangi holatlari aniqlangani sababli yana karantin joriy etildi.

“Sogʻliqni saqlash komissiyasi 26-oktyabr, chorshanba kuni ertalab «COVID-19”ning yuqishi bilan bogʻliq bitta holat va 18 ta simptomlarsiz infeksiya holati haqida maʼlum qildi»,  deyiladi mahalliy OAV tarqatgan xabarlarda.

Yangi aniqlangan oʻn toʻqqizta holatdan 16 tasi mahalliy, uchtasi boshqa hududlardan kirib kelgani aytilmoqda. Kasallangan orasida 18 yoshdan 33 yoshgacha boʻlgan uch nafar ayol ham boʻlib, allaqachon bir qator jamoat joylarida, jumladan, maktablar, goʻzallik salonlari, kafelar, supermarketlar va dorixonalarda boʻlgani aniqlangan.

Shu munosabat bilan rasmiylar 26-30-oktyabr kunlari uch kunlik karantin joriy qildi. Ayni vaqtda 837 mingdan ortiq aholi istiqomat qiladigan hududda muhim tashkilotlardan tashqari boshqa barcha muassasalar yopildi. Odamlarga oʻta zarurat boʻlmasa, yashash joyini tark etish taqiqlandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер