Xitoyda koronavirusning yangi oʻchogʻi paydo boʻldi

16:27 19 Yanvar 2021 Dunyo
1257 0

Xitoyning shimoli-sharqida koronavirus pandemiyasining yangi epimarkazi paydo boʻldi. Bu haqda Milliy sogʻliqni saqlash komissiyasi maʼlumotlariga asoslanib, «Интерфакс» xabar bermoqda.

Mamlakatda bir kunda koronavirus infeksiyasining 106 ta yangi holati qayd etildi. Ulardan 43 tasi Xitoyda kasallikning yangi markaziga aylangan Szilin viloyatida aniqlandi. Pandemiyaning birinchi toʻlqini eng koʻp zarar koʻrgan Xubey viloyatida yana 35 ta COVID-19 kasalligi topildi.

Avvalroq, koronavirus infeksiyasi koʻpaygani sababli, XXR rasmiylari koronavirus bilan kasallanganlar uchun shifoxonalar qurilishini qayta tiklagani maʼlum qilingan edi. Xususan, Xubey viloyatida besh kun ichida 1,5 ming palataga moʻljallangan tibbiy muassasasi qurildi.

Eslatib oʻtamiz, mamlakatda epidemiya boshlangandan buyon 98 ming kishi virus yuqtirgani aniqlangan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Yangiliklar taqvimi

Кластер